Migel de Servantesning “Don Kixotning sarguzashtlari” asari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
📚 Joriy yilning 9-iyun kuni tumanimizning Yoshlar kutubxonasida faol kitobxonlar ishtirokida buyuk ispan adibi Migel de Servantesning “Don Kixotning sarguzashtlari” asari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimot davomida asarning mazmuni, bosh qahramon Don Kixotning qiziqarli va ibratli sarguzashtlari, uning ezgulik va adolat yo‘lidagi kurashlari haqida batafsil suhbat olib borildi. Ishtirokchilar asardagi voqealar, qahramonlarning xarakteri hamda muallif tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Tadbir samimiy muloqotlar, qiziqarli savol-javoblar va kitobxonlarning faol ishtiroki bilan ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Uchrashuv yakunida barcha kitobsevarlar mutolaaning inson kamolotidagi o‘rni beqiyos ekanini yana bir bor his etdilar.
