📚✨ “Muqbil Toshotar” ertagi yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
📚✨ “Muqbil Toshotar” ertagi yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
Joriy yilning 28-oktabr kuni
Yoshlar kutubxonasida o‘zbek va jahon xalq ertaklari turkumiga mansub “Muqbil Toshotar” ertagi yuzasidan o‘quvchilar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida o‘quvchilarga ertakning mazmun-mohiyati, bosh qahramonning sarguzashtlari hamda asarda aks etgan mardlik, jasorat, qat’iyat va ezgulik kabi fazilatlar haqida ma’lumot berildi. Suhbat jarayonida xalq ertaklarining yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va yaxshilikka intilishning ahamiyati muhokama qilindi.
📖 O‘quvchilar ertak yuzasidan o‘z fikr va taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.
🌟 Ertaklar — ezgulikka yetaklovchi, bolalar qalbiga orzu va ishonch bag‘ishlovchi bebaho meros!