✍️ Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek. 🖌Nur qidirib.
📚Assalomu alaykum aziz kitobxonlar sizlarni “#Har_kuni_bir_sahifa, #Õqishni_tavsiya_qilamiz ” loyihasi doirasida navbatdagi kitob bilan tanishtiramiz.
✍️ Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek.
🖌Nur qidirib.
📚«Nur qidirib» asarining bosh mavzusi - Pokiston xalqining ikki yoqlama mustamlakachilar va mahalliy mansabdorlar tomonidan jabr-zulm ostida qolganiga qarshi erksevar xalq farzandlari kurash olib borishlaridan iborat. Qissaning bosh qahramonlari – Ahmad Husayn va Iskandaro xalq ozodligi va farovonligi yo‘lida kurashish barobarida o‘z muhabbatlariga erishish uchun ham astoydil intiladi. Ahmad Husayn ahvoli tang bo‘lishiga qaramasdan iymon-e’tiqodiga xilof vazifalarda ishlashdan bosh tortadi. Bir-birini qattiq sevgan Ahmad Husayn va Iskandaroning ishq va muhabbat, o‘zlarining ham, xalqning ham baxtiyor kelajagiga oid orzu va umidlar limmo-lim qalblari «Nur qidirib» quyosh sari talpinadi.