Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybekning "Keldi yana bahor"kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Sharof Rashidov tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tumandagi 18-maktab o‘quvchilari bilan birgalikda O‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, so‘z san’ati orqali xalq qalbiga chuqur kirib borgan adib — Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybekning "Keldi yana bahor"kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.Oybek — o‘zbek adabiyotining ulkan namoyandasi, inson qalbining eng nozik kechinmalarini badiiy so‘z orqali ifodalay olgan adibdir. Uning “Keldi yana bahor” asari ham ana shunday qalbga yaqin, hayotiy va samimiy ruhda yozilgan ekanligi aytib o‘tildi. Taqdimot savol-javoblarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.