Mustaqillikning 35 yilligi
https://youtube.com/shorts/IyzCKLPL4BI?feature=share
Ota-bobolardan meros bu Vatan,
Tog‘laring lolazor, bo‘larding gulshan.
O‘tmishi sharafli tanho bu Vatan,
Kelajagi porloq, betakror Vatan.
Sensan mehri issiq jon onajonim,
Sen bilan o‘tgaydir har lahza onim.
Bo‘lsam men bag‘ringda bo‘lmas armonim,
Jonim senga fido, O‘zbekistonim.
Bu yurtda quyoshin qizdirmasa osmon,
Bu yurtda qadrli hamisha inson.
Mustaqil yurtimga lol qolgan jahon,
Dunyoda tengsizim, jon O‘zbekiston.
✍️ Ahmedova Sevarahttps://youtube.com/shorts/IyzCKLPL4BI?si=9hzFWOtYE6Hlxy3Z
https://t.me/SH_RASHIDOV_tuman_akm/32837