#Mustqail_ŏzbekiston_bolalar_nigohida #Kitob_va_mutolaa_haftaligi_2025
Joriy yilning 3 sentabr kuni Sharof Rashidov tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari, 23 maktab o'quvchilari bilan birgalikda "Mustaqil O‘zbekiston bolalar nigohida deb nomlangan davra suhbati o'tkazildi.Suhbat davomida o‘quvchilarga 1991-yil 1-sentabr — O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishgan kunidir. Bu kun – bizning eng ulug‘ va qadrli bayramimizdir. Mustaqillik tufayli yurtimizda tinchlik, osoyishtalik hukm surmoqda. Har bir bola erkin o‘qish, orzu qilish va kelajagini o‘zi tanlash huquqiga ega bo‘ldi.
Mustaqil O‘zbekistonda: Zamonaviy maktablar, bog‘chalar, kutubxonalar barpo etilmoqda.
Bolalar o‘z ona tilida o‘qib, milliy qadriyatlarni o‘rganmoqda hamda Prezidentimiz doimo yosh avlodga e’tibor qaratadi. Zero, "Kelajak siz, bolalarnikidir!" degan so‘zlar biz uchun katta ishonchdir. Har bir o‘quvchi vatanini sevishi, uni asrashi, bilimli bo‘lishi bilan yurtimizga hissa qo‘shishi mumkin ekanligi aytib o'tildi.