"Navro‘z sayri-shukronalik" tadbiri bo'lib o'tdi.
6-aprel kuni Sharof Rashidov tuman kutubxona xodimlari hamda tuman Yangiobod mahallasida bahor yangilanish va ezgulik timsoli bo‘lgan Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan “Navro‘z sayri — shukronalik” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Bayram davomida aholi vakillari samimiy suhbatlar qurib, ezgu tilaklar bilan o‘zaro mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlashdi.
Tadbir davomida Nuroniylarimiz yurtimizdagi tinchlik-omonlik, osoyishtalik hamda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.Shuningdek, tuman madaniyat bo‘limi tomonidan milliy kuy-qo‘shiqlar, madaniy chiqishlar, xalq o‘yinlari hamda turli ko‘ngilochar dasturlar tashkil etilib, bayramga yanada fayz bag‘ishladi.Mazkur tadbir mahalla aholisi o‘rtasida hamjihatlik, mehr-oqibat va shukronalik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.