O'lmas Umarbekovning 'Qiyomat qarz' nomli kitob taqdimoti.
📚Joriy yilning 28-yanvar kuni Sharof Rashidov tumani Axborot kutubxona markazi xodimlari bilan tumandagi 38-umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Tafakkur klub" a'zolari bilan O'lmas Umarbekovning 'Qiyomat qarz' nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. O'quvchilarga 'Qiyomat qarz' kitobida O'lmas Umarbekov hamma asarlarida insonlardagi ma'naviy-axloqiy fazilatlarni ardoqlashga , ulug'lashga intilib kelganligini aytib o'tildi. Ushbu kitob ham o'quvchilar ko'nglidan albatta munosib joy egallaydi deb o'ylaymiz.