O‘qituvchi va murabbiyning asosiy vazifalari:
O‘qituvchi va murabbiyning asosiy vazifalari:
yosh avlodga puxta bilim va mustahkam ko‘nikmalar berish;
har bir shogirdning qobiliyati va iste’dodini yuzaga chiqarish;
ularning ma’naviy-axloqiy kamolotiga ko‘maklashish;
mustaqil, teran va ijodiy fikrlashga o‘rgatish;
sog‘lom va faol hayot tarzini targ‘ib qilish;
Vatanga, xalqiga va jamiyatga sadoqatli, foydali insonlarni tarbiyalash.
Kitob — ustoz va shogirdning eng yaqin hamrohi, bilim va ma’rifatning bitmas-tuganmas manbaidir. Ta’lim-tarbiyaga oid adabiyotlarni mutolaa qilish pedagogning dunyoqarashini kengaytirib, bilimini boyitadi va kasbiy mahoratini yanada yuksaltiradi.