#Oʻquv_amaliy_seminar #Raqamlashtirish
Joriy yilning 13- may kuni Sharof Rashidov tuman axborot-kutubxona markazida 5-30 may kunlari "Mahorat oyi-2025" loyihasi doirasida "Kutubxonada 1 kun” shiori ostida o'tkazilayotgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar bo’lib o’tmoqda tadbir ishtirokchilariga kutubxona markazi Axborot kommunikatsiya va raqamlashtirish xizmati rahbari tomonidan tumanimizdagi maktab kutubxonachilariga kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida “Raqamlashtirish” mavzusida oʻquv-trening tashkil etildi.Kitoblarni sifatli skanerlash ishlov berish hamda saqlash bo'yicha amaliy va nazariy ma'lumotlar berildi. Ishtirokchilarga “Booktreyler” va “Vidiorolik”lar haqida ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar o'zlarini bilim ko'nikma hamda malakalarini yanada oshirishdi va o'zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassisi tomonidan javoblarga ega bo'lishdi.