#Oʻquvchi_uchun_teng_imkoniyatlar #Davra_suhbati
📚 Joriy yilning 4-dekabr kuni Sharof Rashidov tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tumandagi 18-maktabda yoshlar bilan birgalikda "O‘quvchi uchun teng imkoniyatlar" deb nomlangan davra suhbati o‘tqazildi.“O‘quvchi uchun teng imkoniyatlar” mavzusi barcha bolalarning teng huquq va sharoitlarga ega bo‘lishi haqida. Maktabda har bir o‘quvchi — qiz bola bo‘lsin, o‘g‘il bola bo‘lsin — bir xil bilim olish, o‘z qobiliyatini namoyon qilish va rivojlanish imkoniga ega. Teng imkoniyatlar o‘quvchilar o‘rtasida hurmat, do‘stlik va adolatni mustahkamlaydi. Har bir bola o‘z iste’dodi bilan qadrlanishi va qo‘llab-quvvatlanishi — sog‘lom maktab muhitining eng muhim tamoyili ekanligi aytib o‘tildi. Suhbat juda qiziqarli va savol javoblarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.