"O‘tkir Hoshimov – inson qalbining mohir tarjimoni." mavzusida ko'rgazma tashkil qilindi.
📚📚Joriy yilning 5-avgust kuni Sharof Rashidov tumani Axborot-kutubxona markazining xodimlari bilan Sharof Rashidov tumani Yoshlar texnologiyalar markazi hamkorligida "O‘tkir Hoshimov – inson qalbining mohir tarjimoni." mavzusida ko'rgazma tashkil qilindi. Ushbu ko‘rgazma O‘tkir Hoshimovning boy ijodiy merosini keng targ‘ib etish, kitobxonlarni uning hayot va ijod yo‘li bilan yaqindan tanishtirish hamda yosh avlod qalbida kitobxonlikka mehr uyg‘otish maqsadida tashkil etildi.
