✍️O'tkir Hoshimov 📘Sevgi qissalari
“#Har_kuni_bir_sahifa, #Õqishni_tavsiya_qilamiz ” loyihasi doirasida navbatdagi kitob bilan tanishtiramiz.
✍️O'tkir Hoshimov
📘Sevgi qissalari
Sevgi. Muhabbat... Insonning tarixi qancha uzoq bo'lsa, Muhabbat deb atalmish tuyg'u ham shunchalik qadimiydir. Zero inson bor ekan, sevgi ham yashayveradi. Shoir va yozuvchilar, rassom va bastakorlar asrlar davomida bu mavzuda bir-biridan go'zal asarlar yaratgani bejiz emas.
Elimizning atoqli va ardoqli adibi, O'zbekiston xalq yozuvchisi O'tkir Hoshimov ham muhabbat haqida talay hikoya, qissa, romanlar yozgan va ular kitobxonlar tomonidan katta qiziqish bilan mutolaa qilib kelinmoqda. Bu asarlarda sevgining sehr va quvonchlari, iztirob va armonlari g'oyat hayotiy, ta'sirchan aks etgan. Ushbu kitobga adibimizning eng hayajonli asarlari jamlangan.
