✍️ O'tkir Hoshimov 📚 Sevgi qissalari
✍️ O'tkir Hoshimov
📚 Sevgi qissalari
Sevgi. Muhabbat... Insoniyat tarixi qancha uzoq bo‘lsa, Muabbat deb atalmish tuyg`u ham shunchalik qadimiydir. Zero inson bor ekan, sevgi xam yashayveradi. Shoir va yozuvchilar. rassom va bastakorlar asrlar davomida bu mavzuda bir-biridan go‘zal asarlar yaratgani bejiz emas.Elimizning atoqli va ardoqli adibi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov ham muhabbat haqida talay hikoya, qissa, romanlar yozgan va ular kitobxonlar tomonidan katta qiziqish bilan mutolaa qilib kelinmoqda. Bu asarlarda sevgining sehr va quvonchlari, iztirob va armonlari g‘oyat hayotiy, taʼsirchan aks etgan.Ushbu kitobga adibimizning eng hayajonli asarlari jamlangan.