O‘tkir Hoshimovning mashhur Dunyoning ishlari asari yuzasidan kitob taqdimoti tashkil etildi.
Joriy yilning 16-mart kuni Sharof Rashidov tumani Axborot-kutubxona markazi hodimlari tumandagi yoshlar kutubxonasida yosh kitobxonlar bilan birgalikda atoqli adib O‘tkir Hoshimovning mashhur Dunyoning ishlari asari yuzasidan kitob taqdimoti tashkil etildi. Suhbat davomida kitobxonlarga asarning mazmun-mohiyati unda aks etgan insoniy qadriyatlar, mehr-oqibat, ona siymosiga bo‘lgan cheksiz hurmat va hayotiy voqealar haqida batafsil ma’lumot berildi.Ishtirokchilar asardan olingan parchalar bilan tanishib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Taqdimot kitobxonlarda mutolaa madaniyatini oshirish, milliy adabiyotimizga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishga xizmat qildi.
Suhbat yakunida o‘quvchilar kitob o‘qishning inson kamolotidagi o‘rni haqida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.