"O'z huquqingni bilish - o'zligingni anglashdir" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
📚📚Joriy yilning 18 - sentabr kuni Sharof Rashidov tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari Sharof Rashidov tumani 27- o'rta ta'lim maktab o'quvchilar bilan "O'z huquqingni bilish - o'zligingni anglashdir" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Bugungi davra suhbatida o‘quvchilarga inson huquqlari, erkinliklari va burchlari haqida tushunchalar berildi. Har bir inson o‘z huquqlarini bilishi, ulardan to‘g‘ri foydalanishi va boshqalarning huquqlarini hurmat qilishi lozim. Huquqini bilgan inson o‘z kelajagini ishonch bilan quradi.
O'quvchilar ham o‘z huquqlarini bilishi ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lishini va boshqalarning huquqlarini ham hurmat qilishi haqidagi fikrlarini aytib o'tishdi.