"O'zbek adabiyotining ikki buyuk siymosi" nomli tadbir bo'lib o'tdi.
Joriy yilning 9-fevral kuni Sharof Rashidov tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda Muruvvat uyi birgalikda Alisher Navoiy (9-fevral)va Zahiriddin Muhammad Bobur(14-fevral) tavalludiga bag‘ishlangan o‘zbek adabiyotining ikki buyuk siymosi — g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy va shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlariga bayram tadbiri tashkil etildi.Muassa xodimlari va vasiylikka olingan ayollar o‘rtasida milliy adabiyotimizga bo‘lgan qiziqish oshirildi.
Tadbirning eng hayajonli qismi “Nazm gulshani” deb nomlangan she’rxonlik kechasi bo‘ldi. Kuy-qo‘shiqlar va kichik sahna ko‘rinishlar tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.