“O‘zbek tili frazeologik lug‘ati” — o‘zbek tilidagi ibora va turg‘un birikmalarning ma’nosi, qo‘llanishi hamda uslubiy xususiyatlarini yorituvchi muhim ilmiy manba.
“O‘zbek tili frazeologik lug‘ati” — o‘zbek tilidagi ibora va turg‘un birikmalarning ma’nosi, qo‘llanishi hamda uslubiy xususiyatlarini yorituvchi muhim ilmiy manba.
Lug‘at 2022-yilda G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan nashr etilgan bo‘lib, 636 betdan iborat. Unda 5198 ta frazeologik birlik izohi berilgan.
Ushbu asar so‘z boyligini oshirish, nutqni ravon va ta’sirchan qilish, xalqimizning ma’naviy merosi va til boyligini chuqurroq anglashga xizmat qiladi. Lug‘at tilshunoslar, o‘qituvchilar, talabalar va barcha kitobxonlar uchun foydali qo‘llanmadir.
Tavsiya etuvchi: Sharof Rashidov tuman Axborot kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati. 