“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” haqida qisqacha ma’lumot
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” haqida qisqacha ma’lumot
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” — o‘zbek tilining boyligini, so‘zlarning ma’nosi va qo‘llanish xususiyatlarini yorituvchi muhim ilmiy-ma’rifiy manba. 2022-yilda G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida chop etilgan ushbu nashr 720 betdan iborat bo‘lib, unda 80 mingdan ortiq so‘z va so‘z birikmalarining izohi berilgan.
Lug‘at o‘quvchilar, talabalar, o‘qituvchilar, tilshunoslar va keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan. U so‘z boyligini oshirish, so‘zlarning ma’nosini to‘g‘ri anglash hamda o‘zbek tilining go‘zalligi va boyligini chuqur o‘rganishga xizmat qiladi.