O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Nashriyot-matbaa xizmati rahbari — bosh muharriri Musayev Farux Fatixovich “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
✅ 2026-yil 30-iyul kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Nashriyot-matbaa xizmati rahbari — bosh muharriri Musayev Farux Fatixovich “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
🏵 “Xalqaro do‘stlik kuni” munosabati bilan ta'sis etilgan bo‘lib, millatlararo do‘stlik va totuvlik muhitining mustahkamlanishiga munosib hissa qo‘shgan mahalliy va xorijiy fuqarolarga beriladi.
❗️Faruh Musayev rahbarligida kutubxona tizimida bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik, do‘stlik va hamjihatlik, Yangi O‘zbekistonda millatlararo munosabatlarga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy ko‘rgazmalar, davra suhbatlari va taqdimotlar muntazam tashkil etilib, ular o‘zaro hurmat va insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib qilishga xizmat qilmoqda.
🤝 O‘zbekiston Milliy kutubxonasi jamoasi Farruh Musayevni qutlab, ularga mustahkam sog‘lik, ishlarida rivoj va yurtimizning ilmiy salohiyatini oshirishda tuganmas g‘ayrat va peshqadamlik tilaydi.
