• info@shrashidovakm.uz
  • +998 91 627 0073
  • Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Axborot-kutubxona markazi
  • O'zbek
  • Русский
  • English
  • Virtual qabulxona
  • Foydalanish qoidalari
  • Bog’lanish
  • info@shrashidovakm.uz
  • +998 91 627 0073
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Axborot-kutubxona markazi
  • Kutubxona haqida
    • Kutubxona tarixi
    • Rahbariyat
    • AKM jamg'armasi
    • Tuzilma
    • O‘quv zallar
  • Kutubxona faoliyati
    • Ish tartibi
    • Kutubxona faoliyatiga oid statistik ma'lumotlar
    • Fuqarolar murojaati
    • Asosiy va qo'shimcha xizmatlar
  • Bo'limlar
    • Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati
    • Axborot-bibliografiya xizmati
    • Fondlarni to‘ldirish, saqlash ishlov berish xizmati
    • Axborot kommunikatsiya texnalogiyalari va raqamlashtirish xizmati
  • +998 91 627 0073
  • @shrashidovakm_bot

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida nemis tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan asarlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi


2021-yil 26-noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekistondagi Gyote instituti bilan hamkorlikda tarjimon Shahnoza Quvonova tomonidan nemis yozuvchilari Haynrix Byollning „Elchi“ tanlangan asarlar tuplami va Frans Kafkaning „Amerika. Jarayon. Qo‘rg‘on“ kitoblarining o‘zbek tilidagi tarjimasi taqdimoti o‘tkazildi.

        Tadbirda ishtirok etgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari va professor-o‘qituvchilari nafaqat tarjima qilingan asarlar bilan tanishish, balki tarjimadagi qiyinchiliklar, tarjima konsepsiyalari va Germaniya davlati tomonidan tarjimonlarga ajratiladigan grantlar haqida ma'lumotga ega bo‘ldilar.

        Tadbirda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va O‘zbekistondagi Gyote instituti o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida amalga oshiririlgan ishlar, Andijon va Xorazm viloyat axborot-kutubxona markazlarida faoliyat yuritayotgan nemis adabiyoti burchaklari, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondida nemis klassik va zamonaviy adabiyoti namunalari hamda tarjimalar saqlanayotganligi alohida e'tirof etildi.

 

        Qarshi davlat universiteti Nemis tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi, erkin tarjimon va tarjima sohasida bir qator grantlar sohibasi Shahnoza Quvonova yig‘ilganlarga o‘z faoliyati, ilk tajribalari, ustozlari, hamkorlari hamda istiqboldagi rejalari haqida hikoya qildi.

        “2013-yilda Toshkentdagi Gyote institutida o‘tkazilgan “Schriftzüge in Bewegung” tarjimonlik loyihasida o‘z tarjimalarim bilan ishtirok etdim. 2014-yil Germaniyada bo‘lib o‘tgan “Kein Kinderspiel” seminarida Erix Kestnerning “Egizaklar” romani tarjimasi bilan ishtirokim jarayonida Germaniyada tarjimonlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida malumotlarga ega bo‘lib, sohada o‘z faoliyatimni jiddiy davom ettirishga qaror qildim. Birin ketin Frans Kafkaning “Jazo koloniyasida”, Haynrix Manning “Gretxen” novellasi, Gottfrid Kellerning “Sharpa” novellasi tarjimalarim chop etildi. Keyinchalik shveysar yozuvchisi Fridrix Dyurrenmattning “Sudya va qotil” romani va “Avariya” qissalari, Rafik Shomiyning “Muhabbatning zulmat sohili” romani, “Sofiya yoxud Afsonaning boshlanishi” romani, Haynrix Byollning “Elchi” tanlangan asarlar tuplami va Frans Kafkaning “Qishloq shifokori yoxud hayotlik davridagi nashrlar”, “Amerika, Jarayon, Qo‘rg‘on” kitoblari tarjimasi ustida ishlab, ularni o‘zbek kitobxonlariga taqdim etdim”,- deya o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi Sh.Quvonova.

        Tadbirda O‘zbekiston nemis tili o‘qituvchilari assotsiatsiyasi raisi, professor H. Rahimov so‘zga chiqib, O‘zbekistonda nemis adiblari asarlarining tarjimalari va nemis tiliga tarjima qilingan o‘zbek asarlari, tarjimonlik mashaqqatlari hususida so‘z yuritdi. Shuningdek, zalda o‘tirgan talabalar va Zoom orqali tadbirga ulanganlar ham tarjimonga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.

 

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Axborot-kutubxona markazi
+998 91 627 0073 info@shrashidovakm.uz

Uch tepa daxasi Yangi obod maxallasi Mustakillik kuchasi.

Biz soat 08:00 dan 20:00 gacha ishlaymiz

Kutubxona haqida
  • Kutubxona tarixi
  • Rahbariyat
  • AKM jamg'armasi
  • Tuzilma
  • O‘quv zallar
Kutubxona faoliyati
  • Ish tartibi
  • Kutubxona faoliyatiga oid statistik ma'lumotlar
  • Fuqarolar murojaati
  • Asosiy va qo'shimcha xizmatlar
Bo'limlar
  • Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati
  • Axborot-bibliografiya xizmati
  • Fondlarni to‘ldirish, saqlash ishlov berish xizmati
  • Axborot kommunikatsiya texnalogiyalari va raqamlashtirish xizmati
© Copyright 2021 — Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Axborot-kutubxona markazi. Barcha huquqlar ximoyalangan