O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi
2021-yil 26-noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi negizida tashkil etilgan “Axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislariga O‘zbekiston Milliy kutubxonasida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda uslubiy yordam ko‘rsatish” mavzusida o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Navbatdagi mashg’ulotda Axborot-kutubxona fondlarini jamlash xizmati faoliyati bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tish, ularga metodik yordam ko‘rsatish hamda nodir va alohida qimmatga ega axborot-kutubxona resurslarining bibliografik va to‘liq matnli bazasini shakllantirish, uni to‘ldirish borasida ma'lumot berildi.