🔥 ⚡️ Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining UzNEL tizimidagi axborot-kutubxona resurslari bir joyda: @natlibqidiruvbot ishga tushdi!
🔥 ⚡️ Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining UzNEL tizimidagi axborot-kutubxona resurslari bir joyda: @natlibqidiruvbot ishga tushdi!
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining elektron katalogiga ulangan rasmiy qidiruv botini taqdim etamiz!
📲 Bot nima qila oladi?
🔎 Global qidiruv: UzNEL tizimidagi barcha axborot-kutubxona resurslarini bir zumda topadi.
🔖 Tezkor ma’lumot: Kitobga buyurtma berish uchun uning aniq shifri olinadi.
🏛 Lokatsiya: Kitob kutubxonaning aynan qaysi o‘quv zalida turganini aniq ko‘rsatib beradi.
📖 Masofaviy mutolaa: Raqamlashtirilgan kitoblarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn o‘qish imkonini beradi.
Vaqtingizni tejang, qidiruvni uydan chiqmasdan turib boshlang!
🔗 Botga o‘tish: @natlibqidiruvbot 