"Odil Yoqubov ijodi — ma’naviyatimiz ko‘zgusi” mavzusida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
📚📚Joriy yilning 20 - oktabr kuni Sharof Rashidov tumani Axborot-kutubxona markazida yozuvchimiz Odil Yoqubovni tavalludiga bag'ishlab "Odil Yoqubov ijodi — ma’naviyatimiz ko‘zgusi” mavzusida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmadan taniqli o‘zbek adibi Odil Yoqubovning hayoti, ijodi va mashhur asarlari o‘rin oldi. Ushbu ko‘rgazma kitobxonlarni yozuvchining boy adabiy merosi bilan yaqindan tanishtirish, ularda kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda milliy adabiyotimizga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishga xizmat qiladi.
Bunday ko‘rgazmalar yosh avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash va adabiyotga mehr uyg‘otishda muhim ahamiyat kasb etadi.