'Oilaviy mutolaa kuni' mavzusida davra suhbatlari o'tkazildi.
📚Joriy yilning 21-avgust kuni Sharof Rashidov tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari Qahramon MFY hamkorligida oilalarda ota-onalar va farzandlar o'rtasida 'Oilaviy mutolaa kuni' mavzusida davra suhbatlari o'tkazildi. Kitob o‘qishga bo‘lgan mehr avvalo ota-onaning shaxsiy namunasi orqali shakllanadi. Har bir xonadonda muntazam oilaviy mutolaa an’anasini yo‘lga qo‘yish farzandlarning bilimli, fikrlaydigan va ma’naviy yetuk inson bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qiladi.
Shuning uchun har bir oilada muntazam ravishda birgalikda kitob o'qishga vaqt ajratish kerak.
