“Ona tilim — faxrim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
📚 Sharof Rashidov tumanida Axborot-kutubxona markazi xodimlari va Elektr tarmoqlari xodimlari o'rtasida "21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili" maqomi berilgan kun munosabati bilan “Ona tilim — faxrim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida ona tilimizning tarixi, boyligi va milliy qadriyatlarimizdagi o‘rni haqida so‘z yuritildi va kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz va bebaho boyligimiz. Uni asrab-avaylash, hurmat qilish va kelajak avlodga yetkazish har birimizning muqaddas burchimizdir.