“Ona tilim — mening g‘ururim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
📚📚 Joriy yilning 20-oktabr kuni Sharof Rashidov tumani Axborot-kutubxona markazi va Yoshlar texnologiyalar markazi hamda 37-maktab o‘quvchilari ishtirokida “Ona tilim — mening g‘ururim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Axborot-kutubxona markazi rahbari R. Adilova kirish so'zi bilan ochib berdi. Tadbir davomida maktab o‘quvchilari ona tilimizning tarixi, boyligi va ahamiyati haqida fikrlar bildirdilar, she’rlar o‘qidilar hamda kuy-qo‘shiqlar va raqslar ijro etdilar. Shuningdek, tadbir doirasida "Ona tilim- mening g'ururim" nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Ona tilimizni asrab-avaylash, hurmat qilish va kelajak avlodga yetkazish har birimizning muqaddas burchimiz ekanligi ta’kidlandi.