🗣Onaga xizmat!
🗣Onaga xizmat!
📌Bir xasta ayolning ikkita o‘g‘li bor edi. Aka-uka har kecha navbatlashib onalariga qarab chiqishardi. Uka o‘z navbatchiligida ko‘proq ibodat bilan mashg‘ul bo‘lar va bundan faxr qilardi.
📌Bir kecha akasining navbatida: Bu kecha ham dam ola qoling, men baribir tuni bilan uxlamay ibodat qilaman, – dedi
📌Akasi rozi bo‘ldi. Uka yarim tunda sajdaga bosh qo‘ygancha ko‘zi ilindi.
📌Tushida unga bir ovoz eshitildi: Akangning gunohlari kechirildi, sen ham uning hurmati uchun afv qilinding.
📌Men kecha-yu kunduz Allohga ibodatda bo‘lsam, akam esa onamga xizmat qiladi, xolos, – hayron bo‘ldi uka. Shunda ham men uning hurmati uchun afv etilamanmi?
📌Albatta. Chunki onang muhtoj bo‘lgan xizmatni unga akang qilyapti, sen qilayotgan amallarga esa bizning aslo ehtiyojimiz yo‘q.
