• info@shrashidovakm.uz
  • +998 91 627 0073
  • Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Axborot-kutubxona markazi
  • O'zbek
  • Русский
  • English
  • Virtual qabulxona
  • Foydalanish qoidalari
  • Bog’lanish
  • info@shrashidovakm.uz
  • +998 91 627 0073
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Axborot-kutubxona markazi
  • Kutubxona haqida
    • Kutubxona tarixi
    • Rahbariyat
    • AKM jamg'armasi
    • Tuzilma
    • O‘quv zallar
  • Kutubxona faoliyati
    • Ish tartibi
    • Kutubxona faoliyatiga oid statistik ma'lumotlar
    • Fuqarolar murojaati
    • Asosiy va qo'shimcha xizmatlar
  • Bo'limlar
    • Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati
    • Axborot-bibliografiya xizmati
    • Fondlarni to‘ldirish, saqlash ishlov berish xizmati
    • Axborot kommunikatsiya texnalogiyalari va raqamlashtirish xizmati
  • E'LON
    • E'LON
  • +998 91 627 0073
  • @shrashidovakm_bot

#Oqishni_tavsiya_qilamiz 👤 Jeyms Joys 📓 "Uliss"


       Bu asar ommaga mo‘ljallanmagan va unga qaratilmagan. Jeyms Joys bu asarini Yevropa va Amerika intellektuallari, aqliy, ilmiy o‘sishlarida ancha ilgarilab ketgan Freyd, Yung, Ezra Pauid, Elliot singari o‘ziga teng darajada turgan zamondoshlarini mo‘ljallab yozgan, ularning tushunishlari, aks-sado berishlari, bahs-munozaralarini nazarda tutgan. XX asrning yigirmanchi yillari boshlanishidayoq jurnalda bosilib chiqa boshlagan bu asarni tushunish qiyin deb butun dunyoda tan olingan. Lekin bu asarni tushunib bo‘lmaydi degani emas, aslo. Faqat «Ming bir kecha»ni o‘qish bilan «Uliss»ni o‘qishning farqi bor. «Uliss»ni o‘qish bu qattiq mehnatni talab qiladi. Uzluksiz bosh qotirishga, butun diqqat-e’tiborni shu asarga qaratishga, uning rang-barang olamlari ichida yashashga to‘g‘ri keladi. Uning ichiga chuqurroq kirib borganingiz sari adabiyotimiz bilan o‘xshash tomonlarni his qilib boraverasiz. 

  «Uliss»ni o‘qish tom ma’noda oson emas. Lekin ichiga kirgan, mag‘zini chaqqan o‘quvchiga u tuganmas go‘zal onlarni baxsh etadi. Inson mayllari, ehtiroslari, kayfiyatlari, qarashlari, kechinmalarining cheksiz rang-barangliklariga, ong va hissiyot oqimlari ichida har qadamda insonni – uning millati, mamlakati, diniy etiqodidan qat’iy nazar, ilgari hech qachon ko‘rilmagan, anglanmagan, o‘ylanmagan behad original bir nuqtadan kashf etganday bo‘ladi. Shuning barobarida, Joysni o‘qish kishiga cheksiz bir maroq bag‘ishlaydi. Joysni mutolaa qilishga kirishgan kitobxon ahdida qattiq turib, kitobni oxirigacha o‘qishi kerak. Agar asarning asosiy qahramonlaridan biri Leopold Blumning xotini – qo‘shiqchi ayol Mollining oz emas-ko‘p emas, rosmana qirq sahifadan iborat bironta nuqta, bironta vergul yoki boshqa tinish belgilari qo‘yilmagan Turon dashtiday bir tekis ichki monologini zerikmay o‘qiy olsa, u albatta, adadsiz hissiyotlar, turli fikrlar daryosiga g‘arq bo‘ladi. Dastlab tushunolmay qiynalishning oxiri hayrat bilan tugaydi. Bu tabir joyiz bo‘lsa, nasrdagi cheksiz mahorat, cheksiz kashfiyotlar vodiysining hayratlaridir. Ammo o‘qib bo‘lgach kitobxon barmoq tishlabgina qolmaydi: o‘ylaydi, o‘ylaydi, o‘ylayveradi… endi o‘ylash mudovamatini hosil qiladi...

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Axborot-kutubxona markazi
+998 91 627 0073 info@shrashidovakm.uz

Uch tepa daxasi Yangi obod maxallasi Mustakillik kuchasi.

Biz soat 08:00 dan 20:00 gacha ishlaymiz

Kutubxona haqida
  • Kutubxona tarixi
  • Rahbariyat
  • AKM jamg'armasi
  • Tuzilma
  • O‘quv zallar
Kutubxona faoliyati
  • Ish tartibi
  • Kutubxona faoliyatiga oid statistik ma'lumotlar
  • Fuqarolar murojaati
  • Asosiy va qo'shimcha xizmatlar
Bo'limlar
  • Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati
  • Axborot-bibliografiya xizmati
  • Fondlarni to‘ldirish, saqlash ishlov berish xizmati
  • Axborot kommunikatsiya texnalogiyalari va raqamlashtirish xizmati
E'LON
  • E'LON
© Copyright 2021 — Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Axborot-kutubxona markazi. Barcha huquqlar ximoyalangan