“Ota-ona hamda voyaga yetmagan bolalarning huquq va majburiyatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 16-mart kuni Sharof Rashidov tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tumandagi Tuyoqli mahallasidagi xotin-qizlar o'rtasida “Ota-ona hamda voyaga yetmagan bolalarning huquq va majburiyatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida ishtirokchilarga oila muhitida farzand tarbiyasi ota-onaning mas’uliyati voyaga yetmagan bolalarning qonuniy huquqlari va burchlari batafsil tushunchalar berildi.
Suhbat jarayonida bolalarning ta’lim olish erkin fikr bildirish himoya va g‘amxo‘rlikda bo‘lish huquqlari, shuningdek, jamiyat va oila oldidagi majburiyatlari haqida fikr almashildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda huquqiy bilimlarini yanada mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.
Mazkur davra suhbati yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qildi.