Prezident Shavkat Mirziyoyev nabirasi Shavkatbekning “Nega doim uzoq safarlarga ketasiz?” degan savoliga maktub orqali javob berdi.
Joriy yilning 24-noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev nabirasi Shavkatbekning “Nega doim uzoq safarlarga ketasiz?” degan savoliga maktub orqali javob berdi.
Unda uzoq safarlar ortidagi mas’uliyat, xalq farovonligi va kelajak avlod taqdiri haqida so‘z yuritiladi.
Maktubda nabirasiga berilgan 5 muhim nasihat:
🔹 Ilm ol, bilimni boylik bil!
🔹 Vaqtni qadrlagin!
🔹 Sun’iy intellektga qaram bo‘lma!
🔹 Qiyinchilikda taslim bo‘lma!
🔹 Vatanga naf keltir!
“Hech qachon yengildim dema! Tushkunlikka tushma! Faqat olg‘a va yana olg‘a yur!”
— Shavkat Mirziyoyev maktubidan.