📚✨ “Qaylardasan, bolaligim?” ertagi yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
📚✨ “Qaylardasan, bolaligim?” ertagi yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
Yoshlar kutubxonasida Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan taniqli bolalar yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Qaylardasan, bolaligim?” asari yuzasidan o‘quvchilar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
📖 Suhbat davomida o‘quvchilar asar mazmuni bilan tanishib, unda aks etgan bolalik xotiralari, beg‘ubor bolalik olami va inson hayotidagi qadrli lahzalar haqida fikr almashdilar. Shuningdek, kitobxonlarda badiiy adabiyotga mehr uyg‘otish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda kitob orqali mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
🌷 Bolalik — qalbimizda bir umr yashaydigan eng go‘zal xotira!