📚Qonli yo‘rgaklar ✍️ Abdurashid Normurodov
📚Qonli yo‘rgaklar
✍️ Abdurashid Normurodov
Butun-butun xalqlar va millatlarning urf-udumlari, minglab-millionlab yillik turmush tarzlarining tajovuzkorona poymol etishga urinish insoniyat tarixida hamisha o‘sha tajovuzkorlarning o‘ziga bitmas-tuganmas ofatlarni keltirgan va keltiraveradi.
Ulug‘ shoirlaru, e’tiqodi yo‘lida hech narsadan qaytmaydigan sabotli, tanti insonlarning beshigi bo‘lib ulg‘aytirgan muqaddas afg‘on tuprog‘ining bugungi kunda qonli yo‘rgakka mengzatilishi bejiz emas.
Ul diyor endilikda oddiygina afg‘on yurti emas, bizning xujayra-hujayralarimizga tarqagan og‘riqli jarohatlar, nolalar go‘shasi hamdir. Bu kitob o‘sha og‘riqlarning milliondan bir ulushi sifatida muallifning yuragidan otilib chiqib, yurak qoni bilan yozilgandir, aziz kitobxon!