Rey Fismanning “Korrupsiyaga qarshi” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Rey Fismanning “Korrupsiyaga qarshi” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimot davomida asarning mazmuni, korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, halollik, qonun ustuvorligi va fuqarolik mas’uliyati kabi muhim masalalar yuzasidan suhbat olib borildi. Ishtirokchilar kitobda ilgari surilgan g‘oyalar hamda korrupsiyaga qarshi kurashishda har bir fuqaroning o‘rni haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Taqdimot samimiy va mazmunli ruhda o‘tib, kitobxonlarda halollik va adolat tamoyillariga sodiqlikni mustahkamlash, shuningdek, mutolaaga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.
