Sa’dullo Quronov Buxoriyning “Shirintoy qo‘zichoq” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 3-sentabr kuni Sharof Rashidov tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Yoshlar Kutubxonasida Sa’dullo Quronov Buxoriyning “Shirintoy qo‘zichoq” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimot davomida asarning mazmuni, qahramonlari va unda aks etgan mehr-oqibat, do‘stlik hamda yaxshilik kabi ezgu fazilatlar haqida suhbat olib borildi. Yosh kitobxonlar asarni katta qiziqish bilan tinglab, o‘z fikr va taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.
📖✨ Kitob — bolalikning eng go‘zal hamrohi! 