Sara Jo – "Londondan muhabbat ila"
Sara Jo – "Londondan muhabbat ila"
📜Inson yashar ekan, hayot uni baʼzan oʻzi mutlaqo xohlamagan oʻzanda, mutlaqo xohlamagan hamroh bilan suzishga majbur qiladi. Koʻnglimiz istamasa-da, bu holatga mardonavor chidayotganimiz uchun hayotdan qandaydir xayrli evaz kutamiz, ammo doimgi eslatma: dunyo bizdan baxt qarzdor emas.
📜Shunga oʻxshash kayfiyatda, bir paytlar kitoblarimni ruhimning kislorodi deb bilganim holda, bu "kislorod"dan bir muddat chekinib ham yashay olayotganimda qoʻlimga ajoyib bir kitob kelib tushdi. Kitobni oʻqib, xuddi oʻz ruhimga esh boʻlgan insonni uchratganday, oʻz aksimni koʻrganday boʻldim.
📜Ha, mening Eloiza kabi romantik moʻjizalarga boy hayotim yoʻq (buni oʻta tabiiy qabul qilaman), u kabi chidamli ham emasdirman. Lekin ancha yillar avval xuddi uniki kabi kitoblar bilan bogʻliq bir-biridan goʻzal oʻy-xayollarim, orzularim boʻlgan... Haliyam bor.