“Shahzoda va gado ” asari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
📚 Joriy yilning 18- may kuni Sharof Rashidov tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari xamda 31-maktabning faol kitobxonlari ishtirokida Jahon adibi Mark Tvening mashhur “Shahzoda va gado ” asari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimot davomida asarning mazmun-mohiyati, qahramonlarning hayoti, taqdir sinovlari hamda insoniylik, adolat va mehr-oqibat kabi yuksak fazilatlar haqida atroflicha suhbat olib borildi. Kitobxonlar asardan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, undagi voqealar bugungi hayot bilan hamohang ekanini ta’kidladilar.
Ayniqsa, yoshlar uchun ushbu asar nafaqat qiziqarli sarguzashtlarga boyligi, balki inson qadri va mehr-shafqatning ahamiyatini teran yoritib berishi bilan katta taassurot qoldirdi.
Taqdimot samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tib, barcha ishtirokchilarda mutolaaga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.
📖 Kitob — qalbni boyituvchi eng yaqin do‘st!