Sharof Rashidov 1917-yil 6-noyabrda Jizzax shahrida tavallud topgan.
Sharof Rashidov – hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot
Sharof Rashidov 1917-yil 6-noyabrda Jizzax shahrida tavallud topgan. U atoqli o‘zbek yozuvchisi, shoir, publitsist va davlat arbobidir.
U o‘z ijodida Vatanga muhabbat, xalq hayoti, insoniylik, mehnatsevarlik va vatanparvarlik kabi mavzularni keng yoritgan.
Adibning «Bo‘rondan kuchli», «Qudratli to‘lqin», «G‘oliblar», «Qashmir qo‘shig‘i» kabi asarlari kitobxonlar orasida mashhur.
Sharof Rashidov 1983-yil 31-oktabrda vafot etgan. Uning boy adabiy merosi o‘zbek xalqining ma’naviy xazinasidan munosib o‘rin egallaydi.
Maqsad: Yosh avlodni Sharof Rashidovning hayoti va ijodi bilan tanishtirish, kitobxonlikka, Vatanga muhabbat va milliy adabiyotimizga hurmat ruhida tarbiyalash. Adabiyot- qalb ko'zgusi, ijodkorning merosi esa xalq xotirasidadur!!!.
Tayyorladi: #Y_Qahhorova 