“Sharof Rashidov nomidagi” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida "Kitob-bilim va ma'naviyat manbai" nomli davra suhbati o'tkazildi.
📚📚Joriy yilning 9-iyul kuni Sharof Rashidov tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan bolalarning dam olish va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti tasarrufidagi “Sharof Rashidov nomidagi” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida "Kitob-bilim va ma'naviyat manbai" nomli davra suhbati o'tkazildi. Yozgi ta'til dam olish, balki yangi bilim va tassurotlar olish uchun ham ajoyib imkoniyatdir. Kitob mutolaa qilish esa vaqtni mazmunli o'tkazishning eng yaxshi usullaridan biridir. Kitob bolajonlarni yaxshilikka chorlaydi, fikrlash doirasini kengaytiradi orzu -maqsadlari sari dadil qadam tashlashga undaydi. Bugun har bir ishtirokchi o'zi o'qigan sevimli kitobi haqida qisqacha fikr bildirdi kitoblardan olgan bilimlari va taassurotlari haqida fikrlar almashildi. Kitobxonlarni kitobga bo'lgan mehrini yanada oshirdi.
