📚✨ Sharof Rashidov tavallud kuniga bag‘ishlab davra suhbati va kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi
📚✨ Sharof Rashidov tavallud kuniga bag‘ishlab davra suhbati va kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi
Yoshlar kutubxonasida taniqli davlat va jamoat arbobi, yozuvchi Sharof Rashidov tavallud kuni munosabati bilan davra suhbati hamda kitob ko‘rgazmasi o‘tkazildi.
Tadbir davomida Sharof Rashidovning hayoti va ijodiy faoliyati, o‘zbek adabiyoti va mamlakatimiz tarixida tutgan o‘rni haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, uning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan adabiyotlar namoyish etilib, o‘quvchilar ko‘rgazma bilan yaqindan tanishtirildi.
📖 Suhbat davomida yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy adabiyotimizga bo‘lgan qiziqishini oshirish va buyuk siymolar merosini o‘rganishga e’tibor qaratildi.
🌿 Buyuk ajdodlar merosi — kelajak avlod uchun bebaho ma’naviy boylik!