Sharof Rashidov tumani axborot-kutubxona markazi jamoasi nomidan barchangizni umumxalq bayrami bilan chin qalbdan muborakbod etamiz!
Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar va aziz kitobxonlar!
🌿 Navroʻz — yangilanish, ezgulik va mehr-oqibat ayyomidir. Ushbu qutlug‘ kun barchamizga sog‘lik-salomatlik, xonadonlarimizga tinchlik, fayzu baraka va quvonch olib kelsin.
📚 Yurtimizda kitobxonlik, ma’naviyat va ilmga bo‘lgan muhabbat yanada yuksalib, har bir qalbda ezgulik urug‘lari unib-ulg‘aysin.
🌷 Bahor nafasi bilan birga hayotingizga yangi orzular, yangi muvaffaqiyatlar kirib kelsin!
Navroʻz bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan: Sharof Rashidov tumani axborot-kutubxona markazi jamoasi. https://youtube.com/shorts/ZBSXSY5v_kw?si=Ia6OYJnBoL8bTOr_