Sharof Rashidov tumanida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan bayram sayli tashkil etildi. Tadbir bayramona kayfiyatda, ko‘tarinki tarzda o‘tkazildi hamda aholi faol ishtirok etdi.
Sharof Rashidov tumanida Navro‘z sayli
📍 Sharof Rashidov tumanida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan bayram sayli tashkil etildi. Tadbir bayramona kayfiyatda, ko‘tarinki tarzda o‘tkazildi hamda aholi faol ishtirok etdi.
🌿 Sayl davomida milliy urf-odatlar va an’analar, xalqimizning boy madaniy merosi keng namoyish etildi. Milliy taomlar, xalq o‘yinlari va sahna ko‘rinishlari orqali Navro‘zning mazmun-mohiyati yorqin ifoda etildi. Shuningdek, ta’lim sohasi vakillarining faol ishtiroki tadbir mazmunini yanada boyitdi.
🎊 Mazkur tadbir aholining dam olishini mazmunli tashkil etish, milliy qadriyatlarni asrab-avaylashga hamda ularni yosh avlodga yetkazishga xizmat qiladi.