Sharof Rashidov tumanida “Yosh kitobxon” tanlovining tuman bosqichi ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlovda ishtirokchilar uchta 10–14, 15–19 hamda 20–30 yosh toifalarida bellashdilar.
Tanlov davomida yoshlar o‘zlarining bilim saviyasi, kitobxonlik madaniyati va mutolaaga bo‘lgan qiziqishini namoyon etdilar.