"Sogʻlom turmush tarzi" kitobini taqdimoti boʻlib oʻtdi.
📚 Joriy yilning 9- iyun kuni Sharof Rashidov tumani Axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumandagi 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabida yozgi ta'til davrini o'quvchilar sog'lom turmush tarzini namunali tashkil etish, maqsadida "Xumo" intelektual dam olish maydonchasida "Sogʻlom turmush tarzi" kitobini taqdimoti boʻlib oʻtdi. Taqdimotda o'quvchilarga mehnat qilish ovqatlanish dam olish jismoniy tarbiya hamda sport bilan shugullanishlarini tushuntirib o'tildi.O'quvchilar o'zlariga bebaho boylik bo'lgan o'z sog'lig'ini saqlashga to'gri va ma'suliyatli munosabatda bo'lishini, sog'lom turmush tarzi, o'z hayot faoliyatini oqilona tashkil qilishini aytib o'tishdi. Sharof Rashidov tuman axborot-kutubxona markazidan ushbu ajoyib kitobni mutolaa qilish tavsiya qilindi.
