"Sog'lom turmush tarzi" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
📚📚Joriy yilning 25-iyun kuni Sharof Rashidov Axborot-kutubxona markazi xodimlari Sharof Rashidov tumani yoshlari bilan "Sog'lom turmush tarzi" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Suhbatda bugungi kunda texnologiyalar hayotimizning ajralmas qismiga aylanganligi, ayniqsa smartfonlar insonga tezroq axborot olishga, muloqot qilishga va vaqtni tejashga yordam beradi. Biroq ularda ortiqcha foydalanish inson salomatligi, ruhiyati va kundalik faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Sog'lom tana va sog'lom aql bir-biri bilan chambarchas bog'liq. Shu sababli sport bilan shug'ullanish bilan bir qatorda kitob o'qishga ham vaqt ajratish zarurligini aytib o'tildi.
Kitobxonlar kitob mutolaasi va sog'lom turmush tarziga amal qilish, o'zlarini bilimli ma'naviy boy hamda jismonan sog'lom bo'lib voyaga yetishi haqida aytib otishdi.
