“Sohibqiron abadiyat” kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 7-aprel kuni Sharof Rashidov tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tumandagi Yoshlar kutubxonasida kitobxonlar bilan birgalikda “Sohibqiron abadiyat” kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Amir Temur — buyuk sarkarda, dono davlat arbobi va markazlashgan qudratli davlat asoschisi sifatida jahon tarixida muhim o‘rin egallaydi. Uning hayoti va faoliyati ko‘plab tarixiy manbalarda o‘z aksini topgan.
“Temur tuzuklari”, Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarlari Amir Temurning davlat boshqaruvi, harbiy yurishlari hamda siyosiy faoliyati haqida muhim ma’lumot beradi.
Ushbu tarixiy manbalar orqali Sohibqiron Amir Temurning buyuk shaxsiyati, adolatli boshqaruvi va Temuriylar davrining yuksak madaniyati yoritiladi.