Sŏnggi qŏnģiroq
Bugun mamlakatimizning barcha go‘shalarida bo‘lgani kabi Sharof Rashidov tumanidagi 61-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham 2025-2026-o‘quv yilining yakunlanishi hamda "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbiri katta tantana bilan nishonlandi.
Bayramona bezatilgan maktab hovlisiga ustozlar, ota-onalar va faxriy mehmonlar jam bo‘lishdi. Tadbirga maktab direktori so‘zga chiqib O'zbekiston Respublikasi Prezidentining bitiruvchilarga tabrigini o'qib eshitirdi. O‘quv yili davomida eng ko‘p kitob o‘qigan o‘quvchilar, yuqori natijalarga erishgan fan olimpiadalari va sport musobaqalarida maktab sha’nini himoya qilgan iqtidorli o‘quvchilar hamda ularning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi. Bayram ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi.
