✍️ Songul Unsal "Xayrli tong iztirobim"
📚Assalomu alaykum aziz kitobxonlar sizlarni “#Har_kuni_bir_sahifa, #Õqishni_tavsiya_qilamiz ” loyihasi doirasida navbatdagi kitob bilan tanishtiramiz
Biroz yolg‘izlik meni davolaydi. Lekin ortga qaytma, yaralarim bitganidan keyin sening qaytishing bu shaharga nisbatan haqsizlik bo‘ladi. O‘tib ketish kerak bo‘lgan narsalarni o‘tmishda qoldirmagandan keyin o‘tib ketgan faqatgina vaqt bo‘lar ekan.
Balki baxtdan uchmasman lekin eng kamida oyoqlarim yerga mustahkam qadam tashlaydi.
Kutishlarimni puchga chiqargan insonlar tufayli, kutishdan voz kechdim. Yozni kutyapman, bahorni, romashkalar qaytadan yer yuzini oq rangga bo‘yashini kutyapman ammo seni aslo.
Men meni baxtsiz qilganlarni ham baxtli qilibman-u, o‘zimga kelganda ichimdagi bahorlar yetmabdi. Hozir esa ketishing bilan kulgularim yangidan tirilsin.