"Tabiat bag'rida mutolaa zavqi" nomli davra suhbati tashkil etildi.
Sharof Rashidov tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan bolalarning dam olish va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti tasarrufidagi “Sharof Rashidov nomidagi” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida "Tabiat bag'rida mutolaa zavqi" nomli davra suhbati tashkil etildi. Tabiat qo'ynida kitob o'qish esa mutolaa zavqini yanada oshiradi. Musaffo havo, qushlar sayrashi va atrofida g'o'zal manzara kitob mazmunini chuqurroq his etishga yordam beradi. Har bir o'qilgan sahifa bizni yangi bilimlar, yangi g'oyalar bilan tanishadi.
Bugungi davra suhbatimizda kitobxonlar o'qigan kitoblari haqida fikr almashishdi, sevimli qahramonlari va mutolaaning hayotimizdagi ahamiyati haqida suhbatlashdik. Bu davra suhbatimiz kitobxonlarni kitobga bo'lgan mehrini yanada oshirdi.
