#Taqdimot. #Oʻzbekiston_ikkinchi_jahon_urush_davrida.
📚📚 Joriy yilning 8-may kuni Sharof Rashidov tuman axborot- kutubxona markazida 5-30 may kunlari "Mahorat oyi-25" loyihasi doirasida "Kutubxonada 1 kun” shiori ostida 13-maktabning 8-sinf o’quvchilariga kutubxona xodimlari tomonidan "Oʻzbekiston ikkinchi jahon urush davrida" kitobiga taqdimot boʻlib oʻtdi hamda “9 may — Xotira va Qadrlash kuni” munosabati bilan ikkinchi jahon urush davrida qatnashgan yozuvchi Adham Rahmatning asarlari haqida ma’lumotlar berildi.Kitobxonlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.Ushbu kitoblar o’qish uchun tafsiya qilindi.